Sxema asosida bargli oʻrmonning vertikal strukturasi (yarusliligi) ifodalangan. Sxemani tahlil qiling va berilgan topshiriqlarni bajaring.
a) II yarusda tarqalgan hayvon va va oʻsimliklarni aniqlang.
b) IV yarusda tarqalgan hayvon va va oʻsimliklarni aniqlang.
c) Biotsenozda vertikal yaruslilikning mohiyatini tushuntiring.
O’simliklaming bunday joylashishi quyosh energiyasini to’liq o’zlashtirilishini ta'minlaydi. Birinchi yarusni baland daraxtlar (eman, terak, shumtol, jo’ka), ikkinchi yarusni unchalik baland bo’lmagan daraxtlar (yovvoyi olma, nok, chetan) tashkil qiladi. Uchinchi yams butalar (o’rmon yong’og’i, kalina), to’rtinchisi baland o’tlar va chala butalardan, beshinchi yarus baland bo’lmagan o’tlar (yertut, yo’sinlar)dantashkil topgan.
Biotsenozdagi hayvon turlarining tarqalishi fitosenozning muayyan yaruslariga bog’liq bo’ladi. Birinchi yarusda daraxtlaming barglari bilan oziqlanadigan hasharotlar uchraydi. Ikkinchi yarusni qushlar va daraxtlaming tanasidagi zararkunandalar - po’stloqxo’r va mo’ylovdor qo’ng’izlar egallaydi. Keyingi pog’onalarda yirtqich va tuyoqli hayvonlar, qushlar, kemiruvchilar yashaydi. Beshinchi yaruss kanalar, ko’poyoqlilar va boshqa mayda hayvonlarga boy bo’ladi. Yaruslilikning paydo bo’lishi har xil turlarning bir-biriga uzoq muddat davomida moslanishlari va turlararo munosabatlarning shakllanishi natija sidir. Yaruslilik turlarning yashash joyi, yorug’lik va oziq manbayiga bo’lgan raqobatini sezilarli darajada pasaytiradi.