Nurillaboy saroyining oʻziga xos meʼmoriy uslublari haqida gapirib bering

Bilet ¹29, savol ¹2

Javob

Nurullaboy saroyi - Xivadagi me’moriy yodgorlik. Asfandiyorxonning sobiq rasmiy qabulxonasi (20-asr). Bu saroy-bog'ni Xiva xoni Muhammad Rahimxon II Feruz o'g'li Asfandiyorxon uchun qurdirgan (Nurullaboy degan shaxsning bog'i o‘rniga qurilgani uchun Nurullaboy saroyi deb ataladi). Nurullaboy saroyi 9 ta katta-kichik xonalar, darvozaxona, saroy, qabulxona, arzxona, Madrasa, xizmatchilar uchun turar joy, bog‘, gulzorli hovlilardan iborat. Majmuaga (185,6x143,0 m) jan.dagi ariq ustiga qurilgan ko‘prik orqali darvozadan kiriladi. Darvozaxonaning dalonida bir necha xonalar bor. Saroy totg‘ri to'rtburchak tarhli (87,1x65,0 m), 4 hovlili, qal’aband devor (bal. — 7,5 m) bilan o'ralib, burjlar ishlangan. 3 hovlida 2 qavat-li, jan.-g‘arbiy hovlida 1 qavatli xonalar joylashgan. Bosh tarzi darvo-zasi Madrasa, turar joy va arzxona bilan o'zaro bog'langan. Saroy shim, dagi 2 hovli ayvonlarning tomi ikkinchi qavat uchun o‘tish joyi vazifasini o‘taydi. Katta hovli saroyning shim.g‘arbiy qismini egallagan. Hovlida quduq bor.
Qabulxona (27,5x32,1 m) saroyning shim.-sharqida, o'ziga xos yevro-pacha uslubda qurilgan. Bosh tarzi jan.ga qaratilgan. 1 qavatli, 7 xonasi bor. Old va orqa tomoni ayvonli.
Arzxona (82,0x71,0 m) saroyning sharqida joylashgan. Tarhi "G" shaklida, jan. qismi uch burchakli, shim, va g'arbga qaratilgan ayvonlari mavjud.
Madrasa bosh tarzi sharqqa qaragan. Jan.-sharqiy burchagida 4 ustunli 2 qavatli masjid, shim.-g'arbida ayvon, hovli atrofida darsxona va hujralar joylashgan. Tashqi devorlari va 4 burchagidagi guldastalar pishiq g‘isht va koshin bilan bezatilgan.
Bog‘ saroyga tushgan bo'lib, baland qal’aband devor bilan o'ralgan, burjlar ishlangan. Bog'ning 3 tomonida eshik bo'lib, 2 eshik saroy bilan, sharqdagisi arzxona, qabulxona bilan bog'langan. Bog' o'rtasida 8 qirrali hovuz bor.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: O‘zbekiston tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹29


Telegram

TG kanal Organish.uz
TG kanal BSB-CHSB.com

Telegram kanalimiz

U erda biz BSB, CHSB, maktab imtihonlari, DTM variantlari va boshqalarning echimlarini nashr etamiz.

BSB Javoblari

5 sinf
6 sinf
7 sinf
8 sinf
9 sinf
10 sinf
11 sinf

CHSB Javoblari

5 sinf
6 sinf
7 sinf
8 sinf
9 sinf
10 sinf
11 sinf

Imtihon Javoblari

9 sinf
11 sinf

"BSB-CHSB.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar