Spartak qo‘zg‘oloni haqida ma’lumot bering

Bilet ¹27, savol ¹2

Javob

Mil. avv. 74-yilda boshlangan Spartak boshchiligidagi qullar qo’zg’oloni qadimgi dunyoda eng ommaviy va uyushgan qo‘zg‘olonlardan biri bo’ldi. Rim armiyasida xizmat qilishdan bosh tortganligi uchun Kapuya shahridagi gladiatorlik maktabiga sotib yuborilgan frakiyalik qul Spartak qullarni qo‘zg‘olon ko‘tarishga undadi. Ammo kimdir bu haqda rimliklarga xabar yetkazadi. Shunda Spartak va uning 200 ga yaqin tarafdorlari qorovullarga hujum qiladilar va qochib chiqib ketadilar. Ular Vezuviy tog‘idagi qoyaga chiqib oladilar. Asta-sekin boshqa qullar ham ularga kelib qo‘shila boshladi va qo‘zg‘olon ko‘targanlar safi kengaya bordi. Ko‘p o‘tmay ularning soni 10 ming kishiga yetdi. Qo‘zg‘olon ko‘targan qullarni tor-mor etishga jo‘natilgan uch ming kishilik qo‘shin Vezuviy tog‘lari yaqinida harbiy lager tikladi. Qamal boshlandi. Spartak kutilmaganda
dadil rejani amalga oshirdi. Qullar uzum novdalaridan narvon to‘qib, ko’rinmaydigan tarafdan cho‘qqidan pastga tushib oldilar. Rimliklar guruhining orqasidan zarba bergan Spartak ularni tor-mor etdi. Ammo ko‘p o‘tmay qo‘zg‘olon ko‘targanlar orasida ixtilof paydo bo‘ldi. Qullarning bir qismi Rimni tark etib, o‘z yurtlariga qaytishni afzal
bildilar. Ko‘pgina qullar esa mamlakatdan chiqib ketmaslikka, Rimni tor-mor etishga va quldorlardan qasos olishga ahd qilishdi. Spartakka qarshi tajribali sarkarda Mark Krass boshchiligida ko‘p ming sonli qo‘shin jo‘natildi. Mil. avv. 71-yilning bahorida ro‘y bergan hal qiluvchi jangda Spartak lashkari tormor etildi, uning o‘zi esa ana shu jangda halok bo‘ldi. 6 mingdan ziyod asirlar Rim-Kapuya oralig‘idagi yo‘l bo‘ylaridagi xochlarga mixlab tashlandi.

Ko'proq vazifalar

1 2

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹27


Telegram

TG kanal Organish.uz
TG kanal BSB-CHSB.com

Telegram kanalimiz

U erda biz BSB, CHSB, maktab imtihonlari, DTM variantlari va boshqalarning echimlarini nashr etamiz.

BSB Javoblari

5 sinf
6 sinf
7 sinf
8 sinf
9 sinf
10 sinf
11 sinf

CHSB Javoblari

5 sinf
6 sinf
7 sinf
8 sinf
9 sinf
10 sinf
11 sinf

Imtihon Javoblari

9 sinf
11 sinf

"BSB-CHSB.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar