Qoplovchi to‘qimaning tuzilishi va vazifasi

Bilet ą10, savol ą1

Javob

Qoplovchi to‘qimalar o‘simlikning barcha organla- rini tashqi tomondan qoplab turadi. Qoplovchi to‘qima o‘simlik organlarini himoya qilish funksiyasini baja-
radi. Bu to‘qima 3 ga bo‘linadi: epiderma, periderma va po'stloq. Epiderma barg va yosh novdalami qoplab turadi. Bu to‘qima bir qavat zich joylashgan shaffof hujayralardan tashkil topgan. Epiderma to‘qimasi tashqi tomondan kutiku-
la yoki mum bilan qoplanadi, bu suv bug‘lanishini kamay- tiruvchi moslanishdir. Barg va yashil poyalar epidermasida og‘izchalar bo‘lib, ular gaz almashinuvi va suv bug‘latishda ishtirok etadi. Ko‘p yillik o‘simliklaming poya va ildizla-
rida epiderma ikkilamchi qoplovchi to‘qima - periderma bilan almashinadi. Periderma po‘kak va boshqa hujayralardan tarkib topgan. Po‘kak o‘lik hujayralardan iborat bo‘lib, uning qobig‘iga maxsus yog‘simon modda (suberin) shimilgan. Shuning uchun po‘kak o‘zidan suv va gazlami o‘tkazmaydi. Uning asosiy vazifasi o‘simlikni yozda yuqo- ri haroratdan, qishda sovuqdan va kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlardan saqlashdan iborat. Po‘kak hujayralari orasida yasmiqchalar shakllanadi. Daraxt va butalaming ta- nasi va ildizida har yili po‘kak to‘qimasining yangi qavati shakllanadi. Natijada po‘stloq qavati hosil bo‘ladi. Po‘stloq hujayralari cho‘zilish xususiyatiga ega bo‘lmaganligi sa- babli, daraxt va butalar tanasi yo‘g‘onlashgan sari po‘stloqda
yoriqlar paydo bo‘ladi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Botanika fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ą10


Telegram

TG kanal Organish.uz
TG kanal BSB-CHSB.com

Telegram kanalimiz

U erda biz BSB, CHSB, maktab imtihonlari, DTM variantlari va boshqalarning echimlarini nashr etamiz.

BSB Javoblari

5 sinf
6 sinf
7 sinf
8 sinf
9 sinf
10 sinf
11 sinf

CHSB Javoblari

5 sinf
6 sinf
7 sinf
8 sinf
9 sinf
10 sinf
11 sinf

Imtihon Javoblari

9 sinf
11 sinf

"BSB-CHSB.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar