Abulgʻoziy Bahodirxon haqida maʼlumot bering

Bilet ¹21, savol ¹2

Abulgʻoziy Bahodirxon haqida maʼlumot bering

Javob

Abulg’oziy Bahodirxon (1603, Urganch- 1663.Xiva) - Xiva xoni (1643-1664), shayboniylar sulolasidan, tarixchi va tabib. Abulg’oziy Bahodirxonning og’alari Habash sulton va Elbars sulton otalari Arab Muhammadxonni yengib, uni Qum qal’asiga qamadilar. Otasining tarafdorlari bo‘lgan katta og‘asi Asfandiyor Eronga, Abulg’oziy Bahodirxon esa Buxoroga Imomqulixon huzuriga qochdi. 1623-yilda akasi Asfandiyorxon Xiva taxtini egallagach, Abulg’oziy Bahodirxon Urganchga hokim qilib tayinlandi. Lekin Asfandiyorxon bilan o’rtalarida nizo chiqib, Abulg’oziy Bahodirxon 1627- yilda qozoq xoni Eshimxon huzuriga qochdi; keyin ikki yil Toshkent hokimi Tursunxon bilan birga bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, turkmanlarning taklifiga binoan u yana Xorazmga qaytdi. Asfandiyor uni Xiva hokimi qilib tayinlashga majbur bo‘ldi. 1629-yilda turkmanlar Eronga tobe boMgan Niso va Durunni bosib oldilar. Asfandiyorxon Eron bilan munosabatlarning tamoman jiddiylashib ketishidan cho’chib, aybni Abulg’oziy Bahodirxonga to‘nkadi va uni 1630-yil qishida Eron podshohi huzuriga garov tariqasida yubordi. Abulg’oziy Bahodirxon shu tariqa 10 yilEronda, Isfahon yaqinidagi Taborak qal’asida qamoqda yashadi. 1639-yilning yozida u tutqunlikdan qochishga muvaffaq bo‘ldi. Abulg’oziy Bahodirxon bir necha yil taxt uchun kurash olib borib, nihoyat 1644-yil Xiva taxtiga o‘tirdi. Abulg’oziy Bahodirxon markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun kurash olib bordi. U 1663-yilda hokimiyatni o’g’li Anushaxonga topshirdi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹21


Telegram

TG kanal Organish.uz
TG kanal BSB-CHSB.com

Telegram kanalimiz

U erda biz BSB, CHSB, maktab imtihonlari, DTM variantlari va boshqalarning echimlarini nashr etamiz.

BSB Javoblari

5 sinf
6 sinf
7 sinf
8 sinf
9 sinf
10 sinf
11 sinf

CHSB Javoblari

5 sinf
6 sinf
7 sinf
8 sinf
9 sinf
10 sinf
11 sinf

Imtihon Javoblari

9 sinf
11 sinf

"BSB-CHSB.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar