Oltin O‘rda xonligining tashkil topishi va uning o‘ziga xos davlat boshqaruvi haqida ma’lumot bering

Bilet ¹6, savol ¹1

Oltin O‘rda xonligining tashkil topishi va uning o‘ziga xos davlat boshqaruvi haqida ma’lumot bering

Javob

Oltin o'rda, Jo'ji ulusi 13-asming 40-yillari boshida Jo'jixonning o'g'li Botuxon (1238— 1255) tomonidan asos solingan davlat. 1224-yil Jo'ji ulusi Xorazm, Shimoliy Kavkazdan iborat edi. 1236—40 yillarda Botuxonning yurishlari natijasida Volga bulg'orlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim, G'arbiy Sibir, Oltin O'rdaga qo'shib olindi. Rus knyazlari Oltin O'rdaga qaram bo'lib, xiroj to'lab turganlar. Rus manbalarida bu davlat Oltin O'rda, Sharq manbalarida.
Jo‘ji ulusi deb atalgan. Oltin O‘rda markazi Botuxon davrida Quyi Volgada, Saroy Botu edi. Berkaxon (1255—66) davrida Saroy Berkaga ko'chirildi. Oltin O‘rda oldin mo‘g‘ul qoniga qaram bo'lib, Botuning inisi Berka davrida mustaqillikka erishdi. Saroy Botu, Saroy Berka, Urganch, Sudak, Qofa (Feodosiya), Azoq savdo markazlari edi. Oltin 0‘rdani xon boshqargan. Zarurat tug‘ilganda qurultoy chaqirilgan. Davlat ishlari bilan beklarbegi shug‘ullangan. Devon ishlarini vazir boshqargan. Soliq yig'ish dorug‘a ixtiyorida bo‘lgan. Zarur paytlarda bosqoqlar jo‘natilgan. Yana quyidagi mansab va amallar bo'lgan: alpaut (zodagon), tuman, tumanbegi, elchi, bosqoq, devon bitikchisi, tamg'ach (boj yig'uvchi), timoqchi (tarozi-bon), shusunchi (ta’minotchi), yurtchi (me’mor), yo'l arachi (yo'l noziri), tutqovul (qorovul), ko‘pirchi, kemachi, yomchi, ovchi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹6


Telegram

TG kanal Organish.uz
TG kanal BSB-CHSB.com

Telegram kanalimiz

U erda biz BSB, CHSB, maktab imtihonlari, DTM variantlari va boshqalarning echimlarini nashr etamiz.

BSB Javoblari

5 sinf
6 sinf
7 sinf
8 sinf
9 sinf
10 sinf
11 sinf

CHSB Javoblari

5 sinf
6 sinf
7 sinf
8 sinf
9 sinf
10 sinf
11 sinf

Imtihon Javoblari

9 sinf
11 sinf

"BSB-CHSB.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar