Avliyo Sofiya ibodatxonasining o‘ziga xos me’morchilik uslublari haqida gapirib bering.
Bilet ¹9, savol ¹2
Avliyo Sofiya ibodatxonasining o‘ziga xos me’morchilik uslublari haqida gapirib bering.
Vladimiming vafotidan so'ng vorislar o'rtasidagi hokimiyat uchun kurashda to'ng'ich o'g'li Yaroslav ustun keladi. Knyazning harbiy sohadagi ilk muvaf- faqiyati bijanaklarni (pecheneglarni) uzil-kesil mag'lub etishi bo'lgan. Lekin uning "Donishmand” nomiga sazovor bo' 1 ishi bunyodkorlik bilan bog‘liqdir. U Volga bo'yida Yaroslavl shahriga asos solgan. Uning davrida davlat hududlari ancha kengayadi.
Knyaz me’morchilik inshootlari qurilishiga alohida e’tibor qaratib, Kiyevdagi Avliyo Sofiya ibodatxonasini bunyod ettirgan. U hozirga qadar yaxshi saqlangan. Keyin- chalik shu nomdagi ibodatxonalar Polosk va Novgorod shaharlarida ham quriladi. Monastirlar huzurida maktablar ochiladi. Novgorod va Kiyevda yilnomalar tuzila boshlanadi. Lotin va yunon tillaridagi
asarlarni rus tiliga tarjima qilish ishlari yo‘lga qokyiladi. "Rus haqiqati” nomli qonunlar tuzilib, Yaroslavning vorislari davrida unga yangi moddalar kiritiladi. Yaroslav va uning vorislari davrida Kiyev Rusi knyazligining asosiy tashqi dushmanlari qipchoq qabilalari (ruslar ularni "poloveslar” deyishgan) bo‘lib qoladi. Qipchoqlar Yoyiq (Ural) daryosidan Dunaygacha bo’lgan hududlarni egallaganlar. Dnepr daryosi havzasidagi qipchoqlar birlashib, XI asrning so‘ngida Rus knyazi Vladimir Monomax qo’shinlariga qarshi urushlar olib borganlar. Monomax Kiyev Rusi knyazi hukmdori boMgach (1113-1125), urush harakatlarini qipchoqlar yashaydigan hududlarga ko’chirgan. Knyazning vafotidan so'ng qarama-qarshiliklar qaytadan boshlanib, knyazlik siyosiy tarqoqlikka yuz tutadi.
3. Aleksandr Bell hayot va faoliyati.
Fan:
Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹9
"BSB-CHSB.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali